» » Amerikaning ikki mashhur kompaniyasi Shohjahon Ergashev bilan yangi shartnoma tuzish taklifi bilan chiqdi

Amerikaning ikki mashhur kompaniyasi Shohjahon Ergashev bilan yangi shartnoma tuzish taklifi bilan chiqdi


Birinchi o‘rta-yengil vazn — 63,5 kilogrammda muvaffaqiyatli odimlab kelayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shohjahon Ergashev yaqindagina professional faoliyatidagi 12-jangida raqibini nokautga uchratdi. Bunga qadar ham u qarshisida turgan bokschilarni muddatidan avval taslim qilishga erishgandi.

Shu vaqtga qadar Ergashevning raqiblari u qadar jiddiy emasligi borasida muhokamalar bo‘ldi. Ammo uning so‘nggi raqibi Soni Fredrikson haqida bunday deb bo‘lmasdi. Prof ringga 18 bor ko‘tarilib, ularning barchasida raqiblarini taslim eta olgan amerikalik sportchiga o‘z mamlakatida katta umid ko‘zlari bilan qarashardi. Ergashev esa Fredriksonni 3-raundga keliboq nokautga uchratdi.

Jangdan keyin Shohjahon Ergashevning menejeri Oleg Bogdanov “AllBoxing.ru” nashriga intervyu berdi.

Shohjahon juda pishiq va epchil sportchi ekani uning birinchi jangidayoq ko‘ringandi. Shoh Uralda Denis Shafikov hamda Kostya Ponomaryovni mag‘lub etgach tushunib yetdimki, u nafaqat kuchli zarbaga ega bokschi, balki yaxshi ta’lim olgan, raqiblari uchun ruhiy tomondan noqulay bo‘lgan raqib hamdir.

Oleg Bogdanov, menejer

Shohjahon Ergashev Rossiyadagi ketma-ket 10 ta jangida raqiblarini yer tishlatdi. Shundan so‘ng, okean ortiga yo‘l oldi. Bu qanday kechgani borasidagi savolga ham Bogdanov javob berib o‘tdi.

Ergashev faoliyatini Amerikada davom ettirishi kerak edi va men uning uchun okean ortidan ishonchli promouter izlashni boshladim. Eng yaxshi taklifni bizga Dmitriy Salita berdi. Shoh Salitaning Rossiyadagi mashhur promouterlik kompaniyasi qaramog‘ida janglarini o‘tkaza boshladi. Keyin esa AQSh vizasini oldi va amerikalik bokschilarni bir yoqlik qilish uchun Detroytga yo‘l oldi.

Dmitriy Salita va uning jamoasiga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Ular Shoh uchun ideal sharoit yaratib berdi. Alohida kvartira, oshpaz, tiklanish jarayoni uchun imkoniyatlar va eng yaxshi sparring-sheriklar uni kutib turgandi. Bunga javoban Shoh ham mashg‘ulotlarga borini bera boshladi. Murabbiyi Shugar Xill va uning yordamchilari bilan dahshatli darajada mehnat qilishga kirishdi.

Oleg Bogdanov, menejer

Ma’lum bo‘lishicha, Amerikadagi ketma-ket ikki nokautidan keyin endi Shohjahonda 2 ta yaxshi taklif bor. O‘zbekistonlik sportchi yaqin orada ulardan birini tanlashi kerak bo‘ladi.

So‘nggi jang Shoh uchun juda muhim edi. U yengilmay kelayotgan raqibini mag‘lub etibgina qolmay, Showtime translyatsiyasi uchun ham juda yaxshi ishlab berdi. Bu juda muhim. Endi esa unga ikkita taklif bor: HBO hamda Showtime. Bemalol ularni taqqoslab, birini tanlashi mumkin.

Ergashevni Edvin Valeroga qiyoslayotgan amerikalik sharhlovchilar fikriga qo‘shilaman. Uning uslubi va xarizmasida bu yaqqol namoyon. Keyingi jangimiz aprel oyida bo‘lib o‘tadi. Ishonamanki, Shoh yil so‘ngiga qadar asosiy titul uchun ham ringga chiqa oladi.

Oleg Bogdanov, menejer



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют