» » Qozog‘iston masjidlarida juma namozi halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar xotirasiga bag‘ishlanadi

Qozog‘iston masjidlarida juma namozi halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar xotirasiga bag‘ishlanadi


Qozog‘istonning barcha masjidlarida juma namozi avtobusda yonib ketgan O‘zbekiston fuqarolari xotirasiga bag‘ishlanadi, deb yozadi “Kazinform” Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasiga tayanib.

“Qozog‘iston oliy muftiysi Serikbay Hoji Oraz o‘zbekistonlik hamkasbiga Aqto‘be viloyatida avtobus yonib ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarolarining fojiali tarzda halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik telegrammasini jo‘natdi”, — deyiladi diniy idora rasmiy xabarida.

Bundan tashqari, Qozog‘iston oliy muftiysi respublikaning barcha imomlariga telegramma yuborib, juma namozini avtobusda yonib ketgan o‘zbekistonlik qardoshlarga bag‘ishlashni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют