» » Facebook Ivan Ivanov ismli rossiyalik borligiga ishonmadi

Facebook Ivan Ivanov ismli rossiyalik borligiga ishonmadi


Facebook ijtimoiy tarmog‘i Ivan Ivanov ismli rossiyalikni ro‘yxatga olishdan bosh tortdi va foydalanuvchilar haqiqiy ismini ko‘rsatishi kerakligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Pikabu portali a’zolaridan biri gapirib berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, keksa tanishi undan ro‘yxatdan o‘tishda yordam berishni so‘ragan va Facebook’ning ogohlantiruvchi xabarini chetlab o‘ta olmaganini aytgan. Pikabu foydalanuvchisi ham bunga urinib ko‘rgan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

U ijtimoiy tarmoqning cheklash ma’nosidagi yozuvi skrinshotini e’lon qilib, “Facebook ma’muriyati Rossiyada Ivanov Ivanlar yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, deb o‘ylaydi shekilli”, — deb yozdi.

Pikabu foydalanuvchisi keksa tanishi ushbu ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tishga urinishdan voz kechib, Rossiya ijtimoiy tarmoqlarida akkaunt ochganini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют