» » Abdulaziz Komilov Sergey Lavrov bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Sergey Lavrov bilan uchrashdi


18-yanvar kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi, deb yozadi TIV axborot xizmati.

Muloqot chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikka oid masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Ta’kidlanishicha, 2017-yil O‘zbekiston—Rossiya munosabatlari tarixiga oliy va boshqa darajalardagi o‘zaro aloqalarning yanada faollashgani, ham an’anaviy sohalarda, ham yangi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik kengaytirilgani va chuqurlashtirilgani bilan kiradi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning turli shakldagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlarga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik, Afg‘onistondagi vaziyat va kelgusidagi amaliy uchrashuvlar yuzasidan fikr almashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют