» » Abdulaziz Komilov Nyu-Yorkda Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Nyu-Yorkda Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi


18-yanvar kuni amaliy tashrif bilan AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-York shahrida Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hikmat Halil Karzay boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining 4—6-dekabr kunlari Toshkent shahridagi uchrashuvi va muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida vazirlar darajasida “Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi ochiq munozaralarning kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning ba’zi muammolari, zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston — Afg‘oniston hamkorligi masalalari ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют