» » Tailandda Bangkokdagi portlashlar tashkilotchisi 111 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Tailandda Bangkokdagi portlashlar tashkilotchisi 111 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi


Bangkokdagi portlashlar tashkilotchisi sud tomonidan jami 111 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Portlash oqibatida 30 ga yaqin odam yaralangan edi. Bu haqda 19-yanvar, juma kuni Bangkok Post gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Avval elektr tarmoq kompaniyasida muhandis bo‘lib ishlagan 62 yoshli Vattana Pumret 2017-yil oxirida Bangkokning Pxramongkutklao shifoxonasi hududida 2017-yilning 22-may kuni uyushtirgan portlash uchun dastlab to‘rt, keyin 27 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

18-yanvar, payshanba kuni sud sobiq muhandisni Bangkokdagi yana uchta portlashda aybdor deb topib, 80 yil va olti oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Boshqa ikki portlash ham 2017-yilning mayida sodir bo‘lgan. Uchinchi portlash esa 2007-yilda yuz bergan.

Vattana Pumret sud majlisi davomida aybini to‘liq tan oldi. Sud, shuningdek, jabrlanuvchilarga 140 ming bat miqdorida jarima to‘lash majburiyatini yukladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют