» » 2017-yilda O‘zbekistonda OITSga chalingan 500 dan ortiq kishi nikohdan o‘tdi

2017-yilda O‘zbekistonda OITSga chalingan 500 dan ortiq kishi nikohdan o‘tdi


2017-yil davomida O‘zbekiston FHDYo organlarida 306 197 ta nihok qayd qilingan. Bu ko‘rsatkich 2016-yilga nisbatan 31 149 ta yoki 11 foizga ko‘paygan. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Eng ko‘p nikohlar Samarqand (38 308 ta), Farg‘ona (33 922) va Qashqadaryo (31 767) viloyatlarida qayd qilindi. Ushbu viloyatlar aholi soni 3 milliondan oshgan O‘zbekistondagi 4 ta viloyat tarkibiga kiradi.

Nikohlanuvchi shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganida O‘zbekistonning barcha hududlarida OITSga chalinganlar qayd qilingan. Bir yil ichida OITSga chalingan 500 dan ortiq kishi nikohdan o‘tgan.

Toshkent shahrida tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtida 115 kishi (22 foiz)da OITS kasalligi qayd etilgan bo‘lsa, Toshkent va Andijon viloyatida 69 kishida (13,2 foiz) hamda Samarqand viloyatida 68 kishida (13 foiz) aniqlangan.

Oila kodeksiga ko‘ra, nikoh tuzish uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Bir tarafning kasalligi ma’lum bo‘lganda nikoh ariza berilgan kunning o‘zida tuzilishi mumkin.

Nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa, nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют