» » Buryatiyadagi maktabga uyushtirilgan hujum oqibatida besh kishi jarohat oldi

Buryatiyadagi maktabga uyushtirilgan hujum oqibatida besh kishi jarohat oldi


Buryatiyada 9-sinf o‘quvchisining uyushtirgan hujumi oqibatida maktabdagi o‘qituvchilardan biri ham jarohat oldi, deb xabar berdi “Interfaks”.

“Jami besh kishi jarohat olgan, jumladan, 41 yoshli o‘qituvchi va hujum uyushtirgan o‘quvchining o‘zi ham”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, hujum uyushtirgan o‘quvchi yonuvchan suyuqlik quyilgan butilka yordamida maktabni yoqib yuborishga uringan. Yuzaga kelgan yong‘in tezda o‘chirilgan.

Xabarlarga ko‘ra, o‘qituvchi boshidan jarohat olgan, yana uch nafar o‘quvchiga pichoq orqali shikast yetkazilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum uyushtirgan o‘quvchi bolta va pichoq bilan qurollangan bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют