» » “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Urganch va Xiva o‘rtasiga 29,60 kilometr temir yo‘lini yotqizdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Urganch va Xiva o‘rtasiga 29,60 kilometr temir yo‘lini yotqizdi


Urganch – Xiva yangi temir yo‘l liniyasini qurishning dastlabki bosqichi, ya’ni po‘lat izlar yotqizish ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, shu kungacha umumiy uzunligi 29,60 kilometr temir yo‘llar yotqizildi.

“Ushbu yo‘llar zamonaviy poyezdlarning yuqori tezlikda harakatlanishini inobatga olgan holda, ilg‘or texnologiyalarga asoslanib, mustahkam va yanada sifatli etib bunyod etilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Urganch – Xiva yangi temir yo‘l liniyasi joriy yilda foydalanishga topshirilish rejalashtirilmoqda. Qurilish-montaj jarayonida jami 831 ming metr kub tuproq ishlari bajarildi. Yo‘l bo‘ylab 124 ta sun’iy inshoot ham barpo etildi. Bunyodkorlik ishlari davomida 6 ta yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklar qurildi.

Qurilish ishlarini amalga oshirishga 350 nafardan ortiq tajribali ishchi-xizmatchilar, mutaxassislar jalb etilgan. Loyihani belgilangan vaqtida, sifatli va mustahkam qilib amalga oshirish maqsadida 70 ga yaqin qudratli texnika va mexanizmlar samarali ishlatilmoqda.

Loyiha doirasida Xiva shahrida bir vaqtning o‘zida 200 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan, milliy uslubi uyg‘unlashgan temir yo‘l vokzali ham barpo etilmoqda. Yangi qurilayotgan vokzal binosining tashqi ko‘rinishi Xorazm me’morchiligi namunalarini o‘zida aks ettiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют