» » O‘zbekistondagi bojxona postlari ekspress-laboratoriyalar bilan jihozlanadi

O‘zbekistondagi bojxona postlari ekspress-laboratoriyalar bilan jihozlanadi


Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan omborlar, bojxona postlari va terminallarini fitosanitariya, gigiyenik, ekologik, veterinariya va muvofiqlik sertifikatlarini tezkor tarzda berish imkoniyatini yaratadigan ekspress-laboratoriyalar bilan jihozlash choralarini ko‘rish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, bu borada hamkorlikdagi ishlarni muvofiqlashtirish, mavjud muammolarning yechimini topish maqsadida “O‘zstandart” agentligi, sog‘liqni saqlash vazirligi, davlat veterinariya qo‘mitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining sertifikatlash bo‘limlari rahbarlari ishtirokida mazkur vazirlik va idoralar tomonidan o‘zaro hamkorlikda yagona ekspress-laboratoriya tashkil etgan holda faoliyat olib borishga kelishib olindi.

Dastlabki bosqichda bu kabi ekspress-laboratoriya Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan Highway Logistics center terminalida tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 58) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют