» » O‘zbekiston musulmonlari idorasi Aqto‘be viloyatidagi fojiada halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Aqto‘be viloyatidagi fojiada halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirdi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi fojiada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar oilalariga hamdardlik bildirdi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Muhtaram jamoat! 

2018-yil 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan fojiadan O‘zbekiston musulmonlari idorasi katta qayg‘uda. Ko‘plab yurtdoshlarimiz o‘limiga olib kelgan ushbu voqea munosabati bilan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz.

Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumani hududidan o‘tuvchi “Samara-Chimkent” avtomobil yo‘lining Kaliboy aholi yashash punktidan 10 kilometr uzoqlikda Ikarus rusumli avtobus harakatlanayotgan vaqtda alanga olgan va yo‘lovchi avtobus yonib ketgan. Ushbu avtobus Qozog‘iston janubidan Rossiyaning Qozon shahriga yo‘l olgan. Avtobusda jami 57 kishi bo‘lgan, faqat 5 kishi undan chiqa olgan, qolgan 52 kishi halok bo‘lgan.

Ushbu sodir bo‘lgan fojia sabablarini o‘rganish uchun muhtaram Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, Bosh vazir boshchiligida tashkil etilgan Maxsus hukumat komissiyasi ayni vaqtda Qozog‘istonda bo‘lib turibdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, ulamolar va imom-domlalar tomonidan halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirish, masjid-madrasalarimizda xatmi Qur’onlar o‘qib, ruhi poklariga baxshida qilish va yaqinlariga tasalli berish kabi savobli ishlar boshlandi.

Azizlar, mash’um fojiada halok bo‘lganlarning haqlariga duolar qilish, mag‘firat so‘rash va yaqinlariga tasalli berish barchamizning insoniy burchimizdir. Inson qachon, qayerda va qanday holatda vafot etishini bilmaydi. Dinimizda biror fojia bilan vafot etgan mo‘minning darajasi yuqori bo‘lishi aytilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislarining birida kishi suvga g‘arq bo‘lib, o‘tda kuyib, tom ostida qolib, ayol kishi to‘lg‘oq paytida vafot etsa, shahidlik maqomini topishini aytganlar.

Shunday ekan ushbu fojiada vafot etgan yurtdoshlarmizning haqlariga duo qilib, Yaratgan Parvardigordan ularning solih amallarini o‘zlariga hamroh qilishini, gunohlarini mag‘firat etishini, yotgan joylarini jannat bog‘laridan bir bog‘ qilishini iltijo qilib so‘raymiz. Ularning oila a’zolari va yaqinlarining musibatlariga sherik ekanimizni bildirgan holda sabr-u jamil tilaymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют