» » Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifini Termizdagi pillaxona bilan tanishishdan boshladi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifini Termizdagi pillaxona bilan tanishishdan boshladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifini Termiz tumanidagi Inter Silk Pro qo‘shma korxonasiga qarashli pillaxona bilan tanishishdan boshladi, deb xabar berdi Prezident matubot xizmati.

Bu yerda Xitoy texnologiyasi asosida innovatsion usulda pilla yetishtirilib, qayta ishlash tarmoqlariga yetkazib berilmoqda.

Shu yerning o‘zida viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, issiqxonalar, anorzorlar, yong‘oqzorlar, intensiv bog‘ va tokzorlar, kovrak va pista plantatsiyalari, baliqchilik va parrandachilik komplekslari tashkil etish, yer o‘lchashda uchuvchisiz aviatsiya tizimidan foydalanish kabi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют