» » Yaponiya bilan o‘yin oldidan o‘zbekistonlik futbolchilarga Umid Ahmadjonovning ta’sirli maktubi o‘qib berilgandi

Yaponiya bilan o‘yin oldidan o‘zbekistonlik futbolchilarga Umid Ahmadjonovning ta’sirli maktubi o‘qib berilgandi


Yaponiya va O‘zbekiston terma jamoalarining 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatidagi to‘qnashuvi oldidan o‘zbekistonlik futbolchilarga O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovning maktubi o‘qib eshittirilgan.

Maktubda shunday so‘zlar bitilgandi.

Hurmatli futbolchilar, murabbiylar!

Kecha 52 vatandoshimizni o‘z bag‘riga olib, Rossiya yo‘liga chiqqan avtobus dahshatli halokatga uchradi. Bu haqda allaqachon eshitib ulgurgandirsiz. Hozir butun O‘zbekiston avtohalokat oqibatida vafot etganlar xotirasiga duo qilayapti.

Sizlarda bugungi bellashuvda g‘alaba qozonib, alam va iztirobda bo‘lgan o‘zbek xalqiga quvonch ulashish imkoniyati bor. Avvalgi uch o‘yiningizni ko‘rdim, qiynaldinglar, o‘yinda mazmun yo‘qdek tuyuldi. Xitoyga ketishingiz oldidan biz maqtagan va ishongan yigitlar qani?

Bugun barchaning nigohi sizda bo‘ladi. Demak, kechagi ayanchli kundan keyin barchamizning ko‘ngillarimizda mavjud bo‘lgan g‘amga chiroyli g‘alabangiz bilan taskin berish imkoniyatingiz bor. Men ishonamanki, avtobusda yo‘lga chiqqan vatandoshlarimiz orasida o‘zbek futboliga befarq bo‘lmagan yigitlarimiz ham bor edi. Bugun ularning hurmati to‘p tepishingizdan umidvorman!

Umid Axmadjonov, O‘FF prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют