» » “O‘zbekoziqovqatxolding”: Meva-sabzavot eksporti kelajak sari odimlamoqda

“O‘zbekoziqovqatxolding”: Meva-sabzavot eksporti kelajak sari odimlamoqda


Meva-sabzavot, poliz, dukkakli mahsulotlari, uzum, quritilgan meva-sabzavotlar eksporti borasidagi muammolarni yangicha innovatsion g‘oyalar, o‘zgacha va zamonaviy fikrlash orqali hal etish dolzarb masalalardandir.

Endilikda:O‘zbekiston meva-sabzavot eksporti texnologik raqamli logistikaga ega bo‘ldi.

2018-yil 17-yanvar kunidan “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tomonidan yaratilgan, mutlaqo yangi andozadagi, www.uzagrotorg.com internet-maydoni sinov tarzidagi faoliyatini boshladi.

Yangi onlayn-maydon, avvalambor, Rossiya Federatsiyasining shahar aholisi 1 milliondan ortiq bo‘lgan 15 ta hududidagi ulgurji bozorlarda mavjud meva-sabzavot mahsulotlarining turlari, hajmi va narx-navosi haqidagi to‘liq ma’lumotlarni taqdim etishga mo‘ljallangan.

“O‘zbekoziqovqatxolding”ning ushbu internet-sayti - eksportchi korxonalar va bozorlar o‘rtasidagi bog‘lovchi vazifani o‘tab berish bilan bir qatorda butun mavsum davomida meva-sabzabotlarni yetkazib berishda yechimini topadi. Eksport mavsumida mahsulotlar ortishi rejasizligi oqibatida meva sabzavot mahsulotlarning keskin ko‘payishi va tushib ketishi, bozordagi mahsulotlar hajmi hamda narxining barqarorsizligiga olib kelmoqda.

Buning asosiy sabablaridan biri esa eksportchi korxonalar tashqi bozorlaridagi vaziyatdan real vaqtda xabardor emasligida. www.uzagrotorg.com sayti ushbu muammoni yechadi. Ya’ni eksportchi internet-portalidagi ma’lumotlar orqali butun mavsum davomida mahsulotlarni eksport bozorlarga muntazam ravishda yo‘naltirish natijasida bozorlardagi barqarorsizlikni oldi olinadi, bu esa eksportchilarning tashqi bozordagi mavqeini mustahkamlash bilan bir qatorda xaridorning mahsulotga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Natijada ishlab chiqaruvchi va xaridor o‘rtasidagi a’loqalar mustahkamlanadi. Ishonchning oshishi natijasida ishlab chiqaruvchilarning daromadi va eksport hajmi ortadi. Daromadning ko‘payishi ishlab-chiqaruvlarning yangi-zamonaviy texnologiyalarga investitsiya kiritishiga imkoniyat beradi. Yakuniy natijada muntazam eksport, talab va daromad ortadi.

Ma’lumotlar har kuni uch marotaba soat 07:00—09:00 gacha, 12:00—14:00 gacha va 17:00—19:00 gacha muntazam yangilanib boriladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun kompaniya Call Center’ga murojaat qilishingiz mumkin: +998(71) 129-59-59.

Kelajakka hush kelibsiz. Endilikda logistika eksporti onlayn tizimida.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют