» » AQSh Kongressi KXDR harbiylari bilan aloqalarni tiklashga chaqirdi

AQSh Kongressi KXDR harbiylari bilan aloqalarni tiklashga chaqirdi


AQSh Kongressi Vakillik palatasining 33 a’zosidan iborat guruh 18-yanvar, payshanba kuni mamlakat prezidenti Donald Trampga maktub yo‘lladi. Unda prezidentni Qo‘shma Shtatlar va KXDR harbiylari o‘rtasidagi aloqalarni tiklashga chaqirdi. Murojaat matni Kaliforniyadan kongressmen-demokrat Ro Xannaning saytiga joylangan, deb yozadi “TASS”.

“AQSh jiddiy mojaro, jumladan, yadro urushini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan tushunmovchilik oldini olish uchun qo‘ldan kelgan barcha narsani qilishi lozim. Shimoliy Koreya bilan muloqotni qo‘llab-quvvatlagan, shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan aloqa o‘rnatish ehtimoli haqidagi yaqindagi bayonotingizni hisobga olib, aloqa o‘rnatishning ushbu shakliga ustuvor ahamiyat berishga qat’iy chaqiramiz”, — deyiladi maktubda.

Qonun chiqaruvchilar KXDR bugungi kunda AQSh bilan mudofaa boshqarmalari darajasida axborot almashmaydigan yadro quroliga ega yagona mamlakat ekanligini eslatadi. Shuningdek, Pxenyan va Seul muzokara jarayonlariga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan harakatlar oldini olishga chaqiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют