» » Yangi Zelandiya bosh vaziri iyun oyida ilk bor ona bo‘lishini ma’lum qildi

Yangi Zelandiya bosh vaziri iyun oyida ilk bor ona bo‘lishini ma’lum qildi


Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern iyun oyida ilk marta ona bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Turmush o‘rtog‘im Klark va men iyun oyida oilamiz a’zolari soni yana bir kishiga ko‘payishidan xursandmiz”, — deb yozdi 37 yoshli Ardern Facebook’dagi sahifasida.

“Men bosh vazir va ona bo‘laman, Klark esa bola bilan uyda o‘tiradigan birinchi baliqchi va ota bo‘ladi. Ikkimiz juda baxtlimiz, bir oila bo‘lishni niyat qilgandik, ammo bu maqsadimiz amalga oshishiga amin emas edik. Bu biz uchun kutilmagan, ajoyib yangilik bo‘ldi”, — deya so‘zlarini davom ettiradi bosh vazir.

Ardern farzandli bo‘lgach, olti haftaga ta’tilga ketishini, bu vaqt mobaynida uning vazifalarini bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Uinston Piters bajaradi.

Ma’lumot uchun, Ardernning turmush o‘rtog‘i Klark Geyford baliq ovi haqidagi ommabop ko‘rsatuvga boshlovchilik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют