» » Meteorologlar oxirgi 3 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i ekanligini ma’lum qildi

Meteorologlar oxirgi 3 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i ekanligini ma’lum qildi


Jahon meteorologik tashkiloti mutaxassislari 2015, 2016 va 2017-yillarni Yerdagi iqlim va ob-havoni tizimli kuzatishlar davomidagi eng issiq yillar ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda meteorologlar 18-yanvar kuni Jenevada ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Ulardan eng issig‘i 2016-yil deb topildi. “Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, 2015, 2016 va 2017-yillar kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yillar bo‘ldi. Bu iqlimning uzoq muddatli o‘zgarishi davom etayotganligi yorqin belgisidir”, — deyiladi Jahon meteorologik tashkiloti xabarida.

Tashkilot o‘tgan yili Yer yuzasidagi o‘rtacha havo harorati sanoat asridan avvalgi (1750-yilgacha) ko‘rsatkichdan Selsiy bo‘yicha 1,1 daraja yuqori bo‘lganligini ta’kidlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют