» » American Express’ning iste’foga chiqayotgan bosh direktori Facebook direktorlar kengashiga kiradi

American Express’ning iste’foga chiqayotgan bosh direktori Facebook direktorlar kengashiga kiradi


Yaqinda o‘z lavozimini tark etadigan American Express moliyaviy kompaniyasi bosh ijrochi direktori Kennet Sheno Facebook direktorlar kengashiga kiradi. Bu haqda 18-yanvar, payshanba kuni Facebook asoschisi va rahbari Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“American Express bosh direktori lavozimidan iste’foga chiqayotgan Kennet Sheno Facebook direktorlar kengashiga qo‘shilishga rozi bo‘lganligini ma’lum qilishdan mamnunman”, — deyiladi Sukerberg xabarida.

U bir necha yildan buyon Shenoni o‘z jamoasiga qo‘shishga uringanligini ta’kidlaydi. “U Facebook o‘rganishi va o‘sishi lozim bo‘lgan: mijozlarga xizmat ko‘rsatish, to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo va brend barpo etish kabi sohalarda noyob tajribaga ega”, — deydi Sukerberg.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют