» » Xiaomi Mi 7 Mobile World Congress 2018’da namoyish etiladi

Xiaomi Mi 7 Mobile World Congress 2018’da namoyish etiladi


Mobile World Congress rasmiy sahifasida Xiaomi ishtirokchi sifatida taqdim etilgan, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Mi 7, ehtimol, Qualcomm’ning eng yangi Snapdragon 845 platformasidagi eng birinchi qurilmalardan bo‘ladi. Xuddi shunday chipga ega Samsung Galaxy S9 ham taxminan shu sanalarda aynan mazkur konferensiyada taqdim etiladi. Samsung Galaxy S9 haqida deyarli barcha narsani bilsak, Mi 7 haqida u Samsung’dan 18:9 6,0 dyuym displeyga ega bo‘lishigina ma’lum.

Boshqa mish-mishlar u yuzni tanish texnologiyasi va Qi simsiz zaryadkaga ega bo‘lishini ma’lum qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning orqa paneli aks etgan surat paydo bo‘ldi.

Suratdagi smartfon Xiaomi Mi 6 va OnePlus 5T’ni eslatadi. Mi 7 orqa panelida qo‘sh kamera va barmoq izi skaneriga ega bo‘ladigan ko‘rinadi. U shishadan ishlangan, bu esa simsiz zaryadka haqidagi mish-mishlarni tasdiqlaydi.

Xiaomi Mi 7 6 Gb tezkor xotira va MIUI 9 qobig‘idagi Android operatsion tizimiga ega bo‘lishi xabar qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют