» » Turkiya parlamenti mamlakatdagi favqulodda holat tartibini yana 3 oyga uzaytirdi

Turkiya parlamenti mamlakatdagi favqulodda holat tartibini yana 3 oyga uzaytirdi


Turkiya parlamenti mamlakatdagi favqulodda holat tartibini 19-yanvardan boshlab yana uch oyga uzaytirish haqidagi qarorni ko‘pchilik ovoz bilan qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Oldinroq mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on raisligidagi Turkiya milliy xavfsizlik kengashi mazkur tartibni 3 oyga uzaytirishni tavsiya qilgan, so‘ng hukumat tegishli qaror qabul qilgandi.

Favqulodda holat tartibi Turkiyada 2016-yil iyulida davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng 3 oy muddatga joriy etilgan, keyinchalik parlament tomonidan ma’qullangan hukumat qarori bilan besh marotaba uzaytirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют