» » Akkumulyatori “o‘tirib” qolgan telefon egalariga suhbatlashishda yordam beradigan dastur yaratildi

Akkumulyatori “o‘tirib” qolgan telefon egalariga suhbatlashishda yordam beradigan dastur yaratildi


Motherboard nashri akkumulyatori deyarli “o‘tirib” qolgan telefonlar yordamida muloqot qilish imkonini beradigan Die With Me dasturiga e’tibor qaratdi.

Noma’lum shaxslar bilan chatni ishga tushirishni faqatgina telefon quvvati besh yoki undan kamroq qolganida amalga oshirish mumkin. Servis yaratuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, ular odamlarda “o‘layotgan” telefonga nisbatan biroz bo‘lsada ijobiy hissiyotlarni uyg‘otishni xohlagan.

“Biz telefonining quvvati kam qolgan foydalanuvchilar bu haqda do‘stlari bilan gaplasha olishini bilib quvonganlarini ko‘rdik. Shunday ekan bu kabi dasturni yaratish biz uchun maroqli bo‘ldi”, — deydi dasturchilar.

Servisni sinab ko‘rgan jurnalistlarni aytishicha, telefon quvvati 5 foizdan kam qolganida dastur ishga tushadi va rostdan ham odamlar asosan “o‘tirib” qolgan akkumulyatorni muhokama qiladi. Suhbatlar anonim tarzda amalga oshadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют