» » O‘zbekiston tijorat banklari sentabr-yanvar oylarida aholidan 854 mln dollar sotib oldi

O‘zbekiston tijorat banklari sentabr-yanvar oylarida aholidan 854 mln dollar sotib oldi


2017-yilning sentabr oyidan 2018-yilning yanvar oyiga qadar O‘zbekistondagi tijorat banklari jismoniy shaxslardan 854 million dollar miqdoridagi naqd xorijiy valyutani xarid qildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Tijorat banklarining xorijiy valyutani xarid qilish bo‘yicha operatsiyalar hajmi eng ko‘p Toshkent shahrida (32 foiz) kuzatildi. Bunday turdagi operatsiyalarning 10 foizi Samarqand, 8 foizi Andijon, 9 foizi Farg‘ona, 7 foizi Namangan viloyatlarida amalga oshirilgan.

Tijorat banklarining jismoniy shaxslarga xorijiy valyuta sotish bo‘yicha operatsiyalari miqdori 56 million dollarni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan vaqt mobaynida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga valyuta sotish dinamikasi o‘sgan. Sentabrda bu ko‘rsatkich 3,9 million, oktabrda 11,9 million, noyabrda  17,8 million, dekabrda 22,3 million dollarni tashkil etgan.

Jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilayotgan xorijiy valyuta miqdorining o‘sishiga import bilan shug‘ullanuvchi xususiy tadbirkorlarning bu operatsiyalarni amalga oshirish uchun “qora bozor”dan bank sohasiga o‘tgani bilan izohlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют