» » Dunyodagi eng yirik hisoblanuvchi Rossiyaning atom suv osti kemalari utilizatsiya qilinadi

Dunyodagi eng yirik hisoblanuvchi Rossiyaning atom suv osti kemalari utilizatsiya qilinadi


941 loyihasining atom suv osti kemalari “Arxangelsk” va “Severstal” utilizatsiya qilinadi. Bu haqda 19-yanvar kuni, o‘z manbasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Submarinalar hozirda Rossiya Harbiy-dengiz kuchlarining jangovar tarkibidan chiqarilgan. Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, ulardan endilikda foydalanish foydasiz. “Rosatom” suv osti kemalarini 2020-yildan so‘ng utilizatsiya qiladi.

Ayni vaqtda Harbiy-dengiz kuchlarining ixtiyorida birgina 911U “Dmitriy Donskoy” submarinasi mavjud bo‘lib, unda “Bulava” ballistik rakeralari sinovadan o‘tkazilgan.

941 loyihasining suv osti kemalari dunyodagi eng katta atom submarinalari hisoblanadi. Ularni yaratish ustida konstruktor Sergey Kovalyov ish olib borgan. Ushbu turdagi birinchi kema — TK-208 1980-yilda suvga tushirilgan. Uning uzunligi 172 metrga, kemaning suv sig‘imi 49,8 ming tonnaga teng. Bu kabi suv osti kemalaridan atiga olti dona qurilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют