» » O‘zbekiston TIV: Aqto‘beda halok bo‘lganlardan 32 nafarining shaxsi aniqlashtirildi

O‘zbekiston TIV: Aqto‘beda halok bo‘lganlardan 32 nafarining shaxsi aniqlashtirildi


O‘zbekiston Prezidentining qaroriga muvofiq 2018-yil 18-yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo‘rayev boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan hodisa natijasida jabrlangan va halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini vataniga yetkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni hal etish maqsadida Aqto‘be shahriga kelgan edi. O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari avtobusdagi yong‘indan omon qolgan hamyurtlar davolanayotgan viloyat intensiv terapiya klinik shifoxonasida bo‘ldi, deb xabar beradi TIV.

Shu kuni Aqto‘be viloyat hokimligida Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi, Investitsiya va rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qozog‘istonning boshqa xizmatlari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston delegatsiyasining amaliy yig‘ilishi o‘tkazildi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Yerlan Turgumbayevning ma’lumotiga ko‘ra, 32 nafar halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlashtirildi va yong‘inni oldini olish guruhi tomonidan avtobusdagi yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Oldinroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi vafot etgan o‘zbekistonliklarning birlamchi ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Ushbu ro‘yxatda dastlab 29 kishi ko‘rsatilgan edi. Keyinchalik FVV 29-ismni ro‘yxatdan olib ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют