» » “Ijtimoiy fikr”: Oila boqish uchun oylik daromad 2–3 mln so‘m bo‘lishi lozim

“Ijtimoiy fikr”: Oila boqish uchun oylik daromad 2–3 mln so‘m bo‘lishi lozim


Mutaxassislik bo‘yicha munosib maoshga ega doimiy ishga joylashish, ayniqsa yoshlar va ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun O‘zbekistondagi eng o‘tkir muammolardan. “Ijtimoiy fikr” Jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi so‘rovida qatnashlarning 65,7 foizi shunday deb hisoblaydi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

So‘rovda mamlakatning barcha viloyatda istiqomat qiluvchi 1100 nafar 18 va undan katta yoshli fuqarolar ishtirok etdi. Respondentlarning 49,1 foizi erkaklar, 50,9 foizi ayollardir. Shahar va qishloqlarda yashovchi respondentlar ulushi 51 va 49 foiz ulushda tanlandi.

40,2 foiz respondentlarning fikricha, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va keng iste’moldagi tovarlar narxlari ham o‘tkir muammolardan hisoblanadi. Qisqa muddatda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar sifatida kommunal xizmatlar narxlari, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talablarini qondirish sanab o‘tilgan.

Mamlakat rahbariyati qanday dolzarb muammolarni tezroq yechishi kerak, degan savolga 31,1 foiz qatnashchilar yangi ish o‘rinlarini yaratish va yoshlarni ish bilan ta’minlashni belgilagan.

Respondentlarning fikricha, birinchi navbatda ijtimoiy himoya va infratuzilmalar, tadbirkorlikni rag‘batlantirish va korrupsiyaga qarshi kurash kabi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga diqqat qaratish lozim.

Bundan tashqari, respondentlar bir oy tirikchilik qilish uchun talab etiladigan daromad yuzasidan o‘z fikrlarini aytdi. “O‘zingiz va oilangizni to‘liq ta’minlash uchun sizga oyiga necha pul zarur?” degan savolga 32,1 foiz respondent 2–3 million so‘m, 23,6 foizi 1–2 million so‘m, 9,9 foizi 5 million so‘m va undan ortiq degan javob berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют