» » Aqto‘beda yongan namanganliklar, Mirziyoyevning Surxondaryoga safari, birgalikdagi 67 yillik turmushdan so‘ng ajrashgan o‘zbekistonlik oila va kunning boshqa muhim xabarlari

Aqto‘beda yongan namanganliklar, Mirziyoyevning Surxondaryoga safari, birgalikdagi 67 yillik turmushdan so‘ng ajrashgan o‘zbekistonlik oila va kunning boshqa muhim xabarlari


19-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Qozog‘iston—Rossiya yo‘lida 77 o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan uch hodisa. Asosiy ma’lumotlar. Aqto‘beda 18-yanvar kuni yuz bergan fojianing kamida 29 qurboni namanganlik ekani aytilmoqda.

2. O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqining eng past ko‘rsatkichi — Namanganda. Qozog‘istonda avtobusda yonib ketganlarning kamida 29 nafari — Namangandan. Avtobus o‘z yo‘lovchilarini Rossiyaga olib ketayotgan edi.

3. Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasi ziyorati chog‘ida Aqto‘beda halok bo‘lganlar haqiga duo qildi. Prezident 19-yanvar kuni Surxondaryoga tashrifini Termizdagi pillaxona bilan tanishishdan boshladi. Novvoyxonada bo‘ldi. Angor tumanida loyihalar bilan tanishdi.

4. Toshkent shahrida Suriyadagi terrorchi tashkilotlarga odam yollashga uringan ikki shaxs qo‘lga olindi. 23 nafar fuqaro qo‘lga olinganlar ta’siriga tushishga ulgurgan, hozir ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

5. O‘zbekistonda 2017-yilda kamida 50 yillik turmushidan so‘ng 23 oila ajrashib ketdi. Ular orasida 67 yil birga yashagan juftlik ham bor. Ushbu axborot O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilindi.

6. O‘zbekiston U23 terma jamoasi Yaponiya termasini yirik hisobda taslim qilib, Osiyo chempionati yarim finaliga yo‘l oldi. O‘yin Qozog‘istonda halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlik xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют