» » Toshkentda narxi salkam 15 mln so‘m bo‘lgan Lifan mototsikli o‘g‘irlab ketildi

Toshkentda narxi salkam 15 mln so‘m bo‘lgan Lifan mototsikli o‘g‘irlab ketildi


7-yanvar kuni taxminan soat 02:00 larda noma’lum shaxs Mirzo Ulug‘bek tumani hududida fuqaro Baxramov Bunyod Qambarovichning xonadoniga kirib, u yerdan 14800000 so‘mlik Lifan 250 mototsikli hamda 3700000 so‘mlik avtomashina yuvish uskunasini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Holat yuzasidan JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘rilik, ya’ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida jinoyatni Axmedov Rustam Xabibullayevich va Odilov Akbar Olim o‘g‘li sodir etgani aniqlandi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют