» » O‘zbekiston haj delegatsiyasi Saudiya Arabistonida muzokara va uchrashuvlar o‘tkazmoqda

O‘zbekiston haj delegatsiyasi Saudiya Arabistonida muzokara va uchrashuvlar o‘tkazmoqda


Saudiya Arabistoni podshohligining haj va umra ishlari vaziri taklifiga binoan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari O‘tkir Hasanboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi mazkur davlatga xizmat safarini amalga oshirmoqda. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Delegatsiya Saudiyada haj tadbirlarini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan idora va tashkilotlar vakillari bilan Jidda, Makka va Madina shaharlarida uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Jumladan, delegatsiyasi Saudiya Arabistoni fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. “Haj-2017” mavsumini namunali tashkil qilgani uchun Saudiya hukumati va bosh boshqarma rahbariyatiga tashakkur izhor etildi.

Jidda shahrida “al-Hidoya” shirkati rahbarlari olih Bahvini va Usoma Toshkandiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida dolzarb masalalar, haj tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik ishlari muhokama etildi. Navbatdagi umra va haj mavsumlarida ziyoratchilarga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida Makka shahrida ijaraga olinishi rejalashtirilayotgan  mehmonxonalar, u yerdagi hojilar uchun belgilangan xizmatlar va Mino, Arafot va Muzdalifada bajariladigan tashkiliy masalalar bo‘yicha fikr almashildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi haj va umra vazirligining Makka shahridagi qarorgohida vazir o‘rinbosari Abdulfattoh Sulaymon Mashat tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda o‘tgan haj mavsumida o‘zbekistonlik hojilarning Saudiya hududidagi amallari tartibli va namunali tarzda bajarilgani qayd etildi, ishchi guruh faoliyatiga yuqori baho berildi, kelgusi haj mavsumida ham birgalikda shunday yaxshi natijalarga erishishga umid bildirildi.

O‘zbekiston haj delegatsiyasi o‘tgan haj mavsumini tartibli va yuqori darajada o‘tkazishda ko‘rsatilgan yordam uchun shaxsan haj vaziri Solih Bentin hamda vazirlik tasarrufidagi barcha idora va vakilliklarga minnatdorchilik bildirdi.

Delegatsiya tashrifi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют