» » Siz yuz yuvishda yo‘l qo‘yadigan xatolar

Siz yuz yuvishda yo‘l qo‘yadigan xatolar


To‘xtab turing, yuvinishga shoshilmang. Xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun avval bizning maqolamizni yaxshilab o‘qib chiqing.

Yuz terisining suv bilan haddan tashqari ko‘p kontaktda bo‘lishi qichishishlar paydo bo‘lishini keltirib chiqarishi yoki namlikning yetishmasligiga olib kelishi mumkin.

Suvsizlangan terining usti sho‘ralaydi, qattiq tortilish seziladi va ajinlar paydo bo‘la boshlaydi. Bunday yoqimsiz oqibatlarni ko‘rishni xohlamasangiz, yuzingizni bir kunda faqat ikki marta: ertalab va kechqurun yuving.

Lekin ko‘pchilik jarayonning o‘ziga qiziqib ketishi mumkin: yuzni ko‘pik yoki gel bilan yaxshilab va uzoq vaqt massash qilish. Teri bunga ham muhtoj emas. Agar u gapira olganda edi, unda besh daqiqa davomida yuzni sovunlamaslikni, buning ustiga shuncha ko‘p yuvish vositasi surmaslikni so‘ragan bo‘lar edi.

Skrabni juda ehtiyotlik bilan ishlatish zarur. Quti ustidagi “teshikchalarni ajoyib tarzda tozalaydi va terini yaltiramaydigan qiladi” degan yozuvlar tagida makkor vosita yashiringan bo‘ladi. Balki u haqiqatan ham teshikchalarni yaxshi tozalar va terini yaltiramaydigan qilar, lekin faqat ehtiyotkorlik bilan va to‘g‘ri ishlatilganda. Mo‘tadillik — muhim omil.

Har bir teri turining o‘z ehtiyojlari bo‘ladi va ularga mo‘ljallangan vositalarning tarkibi bir-biridan jiddiy farq qilishi kerak.

Ta’sirchan teri uchun vositalar tarkibida azulen, aloe vera va pantenol; muammoli teri uchun — benzoilperoksid, izotretinoin va ixtiol; yog‘li teri uchun — meva kislotalari, salitsil kislota va ko‘k choy; normal teri uchun — beta-glyukan, skvalen va oligosaxaridlar qatnashishi kerak.

Manba: “Woman.ru”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 1) ( 27) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...