» » Taklamakon cho‘li ostidagi yer osti okeani

Taklamakon cho‘li ostidagi yer osti okeani


Taklamakon cho‘li — Markaziy Osiyo qaynoq quyoshi ostidagi cheksiz qum dengizi. U Xitoyning g‘arbiy qismida, shimolda Tyan-Shan tog‘lari va janubda Kunlun o‘rtasidagi Tarim cho‘nqirini egallagan. U dunyodagi eng dahshatli cho‘l hisoblanadi, deb yozadi TravelAsk.

Aynan shu yerda son-sanoqsiz sayohatchi va savdogar halok bo‘lgan, butun boshli karvonlar izsiz g‘oyib bo‘lgan. Xitoy hukumati 1980-yillarda bu hududni faol o‘rganishga kirishdi. Taxmin qilinganidek, Taklamakonda neft zaxiralari topildi.

Biroq qora oltin cho‘lning yagona boyligi emasligi ma’lum bo‘ldi. Xitoy Fanlar akademiyasi mutaxassislari bu hududda karbonat angidrid yutilishi anomal darajada yuqori ekanligini aniqladi. Bu kabi jarayonlar odatda o‘rmonlar va suv obyektlari ustida kuzatiladi. Olimlar buning sababini aniqlashga kirishdi. Qum qatlamlari ostida ulkan suv zaxiralari topilganda olimlar hayrati cheksiz bo‘ldi. Cho‘l ostidagi suv zaxiralari Amerikadagi Buyuk ko‘llar zahirasidan bir necha marta ortiq ekanligi taxmin qilinmoqda. Suv tarkibidagi minerallar yuqori ekanligi tufayli u iste’mol uchun yaroqsiz.

Mutaxassislar fikricha, cho‘l ostidagi suv uning geologik joylashuvi tufayli yig‘ilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют