» » Olmazorda marixuana saqlagan fuqaroga giyohvanlik vositasini sotgan shaxs aniqlandi

Olmazorda marixuana saqlagan fuqaroga giyohvanlik vositasini sotgan shaxs aniqlandi


Olmazor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlash holati bo‘yicha Ravshan Inog‘omovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotish bilan shug‘ullanib kelgan 1980-yilda tug‘ilgan Farrux Toshpo‘latov aniqlangan. U 12-yanvar kuni Olmazor tumani hududida Inog‘omovga og‘irligi 2,34 gramm bo‘lgan marixuanani 300 ming so‘mga sotgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan F.Toshpo‘latovga nisbatan JKning 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini ozginadan ko‘proq miqdorda qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan ayblov e’lon qilindi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют