» » Aqto‘bedagi avtobusning yonib ketishiga kavshar lampa sabab bo‘lgan

Aqto‘bedagi avtobusning yonib ketishiga kavshar lampa sabab bo‘lgan


Qozog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yerlan Turgumbayevning ma’lum qilishicha, “Samara—Chimkent” yo‘lining 1068-kilometrida sodir bo‘lgan noxush hodisa olovga nisbatan beparvo bo‘lish oqibatida kelib chiqqan, deb xabar berdi “Kommersant”.

“Voqea joyida yonuvchan aralashmada, xususan, benzinda ishlaydigan kavshar lampa topildi. Shuningdek, tergov harakati vaqtida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida aniqlandiki, avtobus ichida 5 litrli plastik idishda benzin bo‘lgan”, — deya Turgumbayevning so‘zlarini keltiradi Tengri News.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, ushbu versiya omon qolganlarning ko‘rsatmasi asosida tasdiqlangan. “Avtobusning dvigateli o‘chib qolganligi va mashina ichi sovuq bo‘lganligi sabab ushbu kavshar lampadan isitgich sifatida foydalanilgan. U ikki soatga yaqin ishlagan va tabiiyki gaz-benzinli aralashma butun salonni egallagan. Tasodifan benzin to‘kib yuborilganida esa yong‘in yuzga kelgan… Shu bilan birga, noxush hodisa YTH yoki qandaydir jinoiy harakatlar orqali amalga oshirilgan degan versiya to‘liq chiqarib tashlandi”, — dedi Turgumbayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют