» » Misr rahbari mamlakatdagi prezidentlik saylovida ishtirok etishini rasman ma’lum qildi

Misr rahbari mamlakatdagi prezidentlik saylovida ishtirok etishini rasman ma’lum qildi


Misrning amaldagi prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy mamlakatda mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etishini rasman ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Mamlakat milliy saylov komissiyasi 20-yanvar, shanba kunidan e’tiboran prezidentlik saylovida ishtirok etishga da’vogar nomzodlardan hujjat qabul qilishni boshladi.

Misr armiyasi bosh shtabining sobiq boshlig‘i Sami Anan ham saylovlarda ishtirok etishini rasman e’lon qildi. Sobiq harbiy Misrning amaldagi rahbariyati o‘tkazayotgan siyosatni qattiq tanqid qildi, rasmiylarni terrorizm, fuqarolar turmush tarzi yomonlashuvi kabi qator muammolarni hal etishni uddalay olmaslikda aybladi.

Shuningdek, siyosiy arbob va advokat Xolid Ali, “Zamalek” sport klubi rahbari Murtazo Mansur ham saylovda ishtirok etishini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют