» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yog‘-moy tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan qaror qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yog‘-moy tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan qaror qabul qildi


O‘zbekiston Prezidentining “Yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Hujjatda qayd etilishicha, xomashyo bazasining cheklanganligi, jumladan, muqobil yog‘ olinadigan ekinlardan yetarlicha foydalanmaslik yog‘-moy korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq ishga solishni ta’minlash va bozorning sifatli yog‘-moy mahsulotlariga bo‘lgan talabini qanoatlantirish imkonini bermaydi.

Yog‘-moy korxonalarida zamonaviy texnologiyalarning past darajada joriy etilganligi ishlab chiqarish faoliyatini lozim darajada nazorat qilish va hisobini yuritishga to‘sqinlik qilmoqda, xomashyo va tayyor mahsulotlarni talon-toroj qilish holatlariga, shuningdek, boshqa suiiste’molchiliklarga olib kelmoqda.

Xomashyo resurslari va tayyor yog‘-moy mahsulotlarini taqsimlashning samarasiz va zamonaviy bozor prinsiplariga javob bermaydigan mexanizmi ko‘p sonli chayqovchilik bo‘g‘inlari va bozorda sun’iy taqchillik yuzaga kelishiga hamda oqibatda yog‘-moy mahsulotlari narxining asossiz o‘sishiga olib kelmoqda.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Iqtisodiyot va Moliya vazirliklarining shrot va sheluxani sotish bo‘yicha “Ozuqa yem ta’minoti” MChJ korxonalarini tugatish, keyinchalik sanoatda qayta ishlash uchun mo‘ljallangan ekstraktli paxta yog‘i birja savdolari orqali faqat “O‘zpaxtayog‘” AJ korxonalariga sotilishi haqidagi tartibni belgilash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

O‘simlik yog‘ini ishlab chiqaruvchilar import yog‘-moy xomashyosi asosida ishlab chiqarilgan hajmlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatga ozod qilindi.

Moliya, Qishloq va suv xo‘jaligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga bir oy muddatda:

Chigitni qayta ishlovchi yog‘-moy korxonalarini chigitni yuklash, qabul qilish, saqlash va qayta ishlash jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, jumladan xomashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni o‘lchash va hisobini yuritish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar bilan;

Chigit, paxta yog‘i, shrot va sheluxani tashiydigan yuk avtomashinalarining harakatlanishini real vaqt rejimida monitoring qilib borish uchun ularni zamonaviy GPS trekerlar bilan jihozlash bo‘yicha choralar ko‘rish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют