» » Shotlandiya klubini mag‘lub etgan Toshkent “temiryo‘lchilar”i, Qozonning “Rubin” klubi bilan durang o‘ynadi

Shotlandiya klubini mag‘lub etgan Toshkent “temiryo‘lchilar”i, Qozonning “Rubin” klubi bilan durang o‘ynadi


Yangi mavsumga tayyorgarlikni Dubay shahrida olib borayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi “Rubin”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va golsiz durang qayd etdi — 0:0.

O‘zbekiston chempioni 90 daqiqa davomida Rossiya Premyer-Ligasi a’zosi darvozasiga gol ura olmadi. Bungacha “Lokomotiv” Shotlandiyaning “Aberdin” klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushib, Islom To‘xtaxo‘jayev va Sherzod Karimovning gollari sabab zafar quchgandi — 2:0.

22-yanvar kuni “Lokomotiv” Rossiyaning boshqa bir klubi “Krasnodar”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Qayd etish kerak, “temiryo‘lchilar” Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etuvchi O‘zbekistonning hozircha yagona jamoasi bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют