» » Shavkat Mirziyoyev Termizda yangi qurilgan San’at saroyi va amfiteatrni borib ko‘rdi. Teatr ijodkorlari uchun ko‘p qavatli uy qurish haqida topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Termizda yangi qurilgan San’at saroyi va amfiteatrni borib ko‘rdi. Teatr ijodkorlari uchun ko‘p qavatli uy qurish haqida topshiriq berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida yangi barpo etilgan 700 o‘rinli San’at saroyi hamda 3 ming o‘ringa mo‘ljallangan amfiteatrda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zA axborotiga ko‘ra, bu inshootlarda “Fayz-Binokor-Oltiariq” kompaniyasi tomonidan 82 milliard so‘mlikdan ziyod qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan. Fransiya, Angliya, Ispaniya, Rossiya va Xitoydan ovoz yozish hamda sozlash, yoritish tizimi uskunalari, monitorlar keltirib o‘rnatilgan.

Xorijlik mehmonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilib berish uchun kabinalar, san’atkor va aktyorlar xonalari maxsus jihozlar bilan ta’minlangan. Hududi 32,5 gektar bo‘lgan maskanning atrofi obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirilgan. Musiqali favvora, avtoturargoh qurilgan, zamonaviy yoritgichlar hamda o‘rindiqlar o‘rnatilgan.

“Prezident bu yerda Toshkent tetrlari bilan hamkorlikda mahorat darslari o‘tkazish, spektakllar qo‘yish, xususan, davlat buyurtmasi asosida Iso at-Termiziy va Alpomish haqida asarlar yaratish zarurligini ta’kidladi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev teatr ijodkorlari uchun ko‘p qavatli uy bunyod etish bo‘yicha ham topshiriqlar bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют