» » Surxondaryoda Toshkent tibbiyot akademiyasi va Pedagogika universitetining filiallari tashkil etiladi

Surxondaryoda Toshkent tibbiyot akademiyasi va Pedagogika universitetining filiallari tashkil etiladi


Termiz shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti filiallari ochiladi. Bu haqda Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov ma’lum qildi.

Toshqulovning so‘zlariga ko‘ra, oliygohlarning Termizdagi filiallari Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

O‘zA xabariga ko‘ra, Prezidentning 20-yanvar kuni Termizdagi “Amudaryo” bolalar oromgohiga tashrifi chog‘ida mazkur oliygohlarni tashkil etish loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tgan.

“Surxondaryodagi oliygohlar soni bir yilda bittadan beshtaga yetdi”, — deb qo‘shimcha qiladi TerDU rektori.

Ma’lumot uchun, 2017-yil davomida Termizda Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent davlat texnika universitetlarining filiallari tashkil etilgan edi.

Bungacha viloyatda faqat bitta oliy ta’lim muassasasi — Termiz davlat universiteti faoliyat ko‘rsatgan. Qayd etish joiz, ushbu universitet so‘nggi yillarda abituriyentlardan arizalar qabul qilish bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchi sanaladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют