» » Shavkat Mirziyoyev: Dostonchilik va baxshichilik — milliy g‘ururimiz

Shavkat Mirziyoyev: Dostonchilik va baxshichilik — milliy g‘ururimiz


2018-yilgi Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston baxshilarining respublika seminari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida ma’lum qildi.

O‘zA axborotiga ko‘ra, Prezident 20-yanvar kuni Termiz shahridagi “Amudaryo” bolalar oromgohi va shu oromgoh huzurida tashkil etilgan 125 o‘rinli baxshilar maktabi faoliyati bilan tanishgan, O‘zbekiston xalq baxshilari Shoberdi Boltayev va Abdunazar Poyonov bilan muloqot qilgan.

Dostonchilik va baxshichilik — milliy g‘ururimiz. Uning zamiridagi ezgu qadriyatlarni xalqimizga yetkazish lozim.

Baxshichilik maktabi xalq og‘zaki ijodining noyob durdonalarini asrashga, uni rivojlantirishga, baxshilarning obro‘sini ko‘tarishga xizmat qilishi kerak.

Joriy yil Navro‘z bayrami arafasida yurtimiz baxshilarining respublika seminarini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yamiz, ularni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Xabar berishlaricha, Prezident mutasaddilarga “Mustaqillik baxshilari” kitobini chiqarish, Surxondaryo viloyatidagi kollejlarda ushbu san’at turini o‘qitish yuzasidan topshiriqlar bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют