» » Aqto‘beda yongan avtobus haydovchilaridan birining onasi butun O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘radi (video)

Aqto‘beda yongan avtobus haydovchilaridan birining onasi butun O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘radi (video)


Qozog‘istonning “31-kanali” muxbirlari Aqto‘bedagi avtobus yong‘inidan omon qolgan qozog‘istonlik haydovchilardan biri — Maqsat Pernebekovning onasi va yaqinlari bilan uchrashdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.

Pernebekovning onasining so‘zlariga ko‘ra, hodisadan biroz avval o‘g‘li hozir qayerda, tashqarida havo harorati qanday ekani, manzilgacha qancha yo‘l qolgani haqida videoxabar yo‘llagan.

“Men butun O‘zbekiston xalqidan, halok bo‘lgan yigitlarning onalaridan kechirim so‘rayman”, — deydi Maqsatning onasi ko‘zda yosh bilan.

Maqsat Pernebekovning qarindoshlari uning omon qolganidan televizor orqali xabar topgan, shundan so‘ng u bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘lishgan. Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi qo‘li va boshidan kuyish jarohatini olgan.

“U uxlayotgan, avtobusni esa sherigi haydab ketayotgan bo‘lgan. Voqea qanday bo‘lganini bilmayman, deyapti. ‘Maqsat, nahotki qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan bo‘lsa, nega eshiklar ochilmadi?’, deb so‘radim. U bo‘lsa: ‘Opacha, men bilmayman, avtobusdan chiqdim va u portladi’, dedi”, — deydi Pernebekovning opasi.

Qayd etishlaricha, Maqsat Aqto‘beda yonib, 52 o‘zbekistonlikning umriga zomin bo‘lgan “Setra” avtobusini 4 yildan beri haydardi, unda ko‘p bora Qozonga borgan, yo‘lni yaxshi bilgan. Qarindoshlarning so‘zlariga ko‘ra, Pernebekov yollanma haydovchi edi — avtobus egasi unga har reys uchun 60 ming tanga pul to‘lagan.

Eslatib o‘tamiz, Aqto‘beda avtobusda yonib ketgan 52 o‘zbekistonlikning jasadi 19-yanvar oqshomida Toshkentga olib kelindi. Hozirgi vaqtda ulardan 49 nafarining shaxsi aniqlangani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют