» » Qoraqalpoq davlat universiteti 332 talabani qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qishga qabul qildi. Ular orasida 246 mln so‘m to‘laganlar ham bor

Qoraqalpoq davlat universiteti 332 talabani qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qishga qabul qildi. Ular orasida 246 mln so‘m to‘laganlar ham bor


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 2017/2018-o‘quv yilida abituriyentlar va ota-onalar istagini inobatga olib, 332 nafar talabani qo‘shimcha oshirilgan kontrakt to‘lovi asosida o‘qishga qabul qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Ushbu talabalarning aksariyati chet tillari yo‘nalishini tanlagan. Oshirilgan kontrakt to‘lovi asosida tahsil olayotganlar orasida to‘lov-kontrakt pulining 25 barobar oshirilgan stavkasi (246 million 250 ming so‘m) bo‘yicha o‘qiyotganlari ham bor.

Men ikki yil o‘qishga hujjat topshirib, ballim ozgina yetmay qolgani bois talaba bo‘lolmay qolgandim. Chet tillariga qiziqishim katta, shu bois ingliz tilini puxta o‘rganish maqsadida ota-onam bilan maslahatlashib, to‘lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi (10 karra) bo‘yicha o‘qishga qaror qildim. Men uchun muhimi vaqtdan yutish. Oshirilgan stavka bo‘yicha talabalikka qabul qilinganimdan juda xursandman. Sababi, orzuning ushalmasligi ruhiyat uchun juda og‘ir zarba bo‘lishini boshimdan o‘tkazganman.

Shahsanem Xo‘jabayeva, chet tillari fakulteti talabasi

O‘zbekiston hukumatining “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2017-yil 20-iyunda qabul qilingan 393-sonli qaroriga binoan 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat va magistratura bosqichiga talabalarni qabul qilishning yangi tartiblari belgilanib, unda qo‘shimcha kontraktlarning oshirilgan miqdori tasdiqlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют