» » Samarqand viloyatida 2017-yilda 123 yoshga to‘lgan fuqaro vafot etdi

Samarqand viloyatida 2017-yilda 123 yoshga to‘lgan fuqaro vafot etdi


Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 2017-yilda 123 yoshga to‘lgan fuqaro vafot etgani qayd etildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Fuqaroning jinsi, ismi, aynan qachon vafot etgani haqida qo‘shimcha axborot berilmagan.

“Huquqiy axborot”da e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilda O‘zbekistonda 162 299 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, bu 2016-yilga nisbatan 7 810 taga yoki 4,8 foizga ko‘p.

Hududlar kesimida o‘lim holatlari Andijon viloyatida 1 226 taga (0,7 foizga), Namangan viloyatida 1 153 taga (0,7 foizga), Farg‘ona viloyatida 1 092 taga (0,6 foizga) va Qashqadaryo viloyatida 1 070 taga (0,6 foizga) ko‘paygan.

“Huquqiy axborot”ning qo‘shimcha qilishicha, Toshkent shahrida 2017-yilda o‘lim holatlari 2016-yilga nisbatan 126 taga (0,07 foizga) kamaygan. Biroq hududlarda aynan qancha o‘lim qayd etilganiga aniqlik kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют