» » Foto: O‘rtasaroy yaqinidagi YTH oqibatida Lacetti ag‘darilib ketdi, Nexia jiddiy zararlandi

Foto: O‘rtasaroy yaqinidagi YTH oqibatida Lacetti ag‘darilib ketdi, Nexia jiddiy zararlandi


Toshkent viloyatining O‘rtasaroy hududi yaqinida Lacetti va Nexia avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.

Ikki mashina to‘qnashuv oqibatida Lacetti ag‘darilib ketgan, Nexia esa jiddiy zararlangan. Hodisa guvohlarining yozishicha, jabrlanganlar orasida bolalar ham bo‘lishi mumkin.

Fotoxabar ostida qoldirilgan fikrlarda foydalanuvchilar haydovchilarni yo‘llarda qoidalarga rioya etishga, tezlikni belgilangan me’yordan oshirmaslikka chaqirgan.

Mazkur hodisa bo‘yicha hududiy yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari hozircha hech qanday rasmiy axborot tarqatganicha yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют