» » Ukraina maxsus xizmatlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik “jihodchi”ni qo‘lga tushirdi

Ukraina maxsus xizmatlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik “jihodchi”ni qo‘lga tushirdi


Ukraina xavfsizlik xizmati xalqaro qidiruvda bo‘lgan diniy aqidaparastni qo‘lga olganini ma’lum qildi. Bu haqda, UXX saytida 20-yanvar kuni e’lon qilingan bayonotga asoslanib, “RIA Novosti” agentligi xabar bermoqda.

“UXX xodimlari Odessa viloyatida Interpol va Yevropol tomonidan taqdim etilgan axborot asosida, o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi”, — deyiladi xabarda.

Xabar berishlaricha, bu shaxs “Jamoat” terrorchilik tashkiloti tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi “Jihodchilar” xalqaro diniy-aqidaparastlik guruhining ishida faol qatnashgan.

UXX ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs aqidaparastlar safiga yangi tarafdorlarni og‘dirish bilan shug‘ullangan. “Maxsus xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, u Ukraina hududida ham “Jihodchilar” safiga yangi a’zolarni jalb etish tashviqoti bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Hozirgi vaqtda gumonlanuvchiga nisbatan, uni O‘zbekiston xavfsizlik organlariga topshirish sharti bilan, ekstraditsion hibs chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют