» » Sayohatga chiqqan o‘zbekistonlik oila pasportdagi nuqson tufayli 10 mln so‘m yo‘qotdi

Sayohatga chiqqan o‘zbekistonlik oila pasportdagi nuqson tufayli 10 mln so‘m yo‘qotdi


Boshqa mamlakatga sayohat qilmoqchi bo‘lgan oila Toshkent aeroportida pasport nazoratidan o‘tib, samolyotga o‘tirgan, ammo belgilangan mamlakatga yetib borgach, u yerdagi pasport nazorati oila farzandining pasportini qonuniy kuchga ega emas deb topgan. Bu haqda Facebook’dagi “Potrebitel.uz” sahifasi saytida aytiladi.

Har bitta pasportda chegarachilar maxsus uskunada ultrabinafsha nuri ostida ko‘rishi mumkin bo‘lgan alohida belgilar bor. Yuqorida tilga olingan bolaning pasportida esa sahifalar numeratsiyasi noto‘g‘ri ekanligi va gerb pasport koreshogiga surilib ketgani aniqlangan. Bu esa pasportni qonuniy kuchga ega bo‘lmagan holatga keltiradi.

Xo‘sh, bu holatda kim aybdor? Pasport stolimi? Odamlarni yaroqsiz pasport bilan boshqa mamlakatga qo‘yib yuborgan Toshkent aeroportidagi pasport nazoratimi? Chiptalarga 10 million so‘m sarflangan. Vaqt va asablar sarflangan. Rejalar buzilgan. Oila shunchaki samolyotda u yoqdan bu yoqqa borib kelgan.

Facebook’dagi guruhda shu masala muhokama qilinayotgan paytda onalardan yana biri o‘z bolasining kinder-pasportini maxsus ultrabinafshali chiroqda tekshirib ko‘rib, unda ham sahifalar numeratsiyasi muvofiq emasligi, gerb esa koreshokka tushib qolganini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, ikkala pasport seriyasi bir xil bo‘lgan. Demak yaroqsiz kinder-pasportlar ko‘plab oilalarga berilgan.

Professional huquqshunoslar bunday vaziyatda quyidagicha ish tutishni maslahat beradi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют