» » Markaziy Osiyoning brend mahsulotlari reytingi tuzildi (foto)

Markaziy Osiyoning brend mahsulotlari reytingi tuzildi (foto)


Open Asia Markaziy Osiyo mamlakatlarida ishlab chiqariladigan va brend sifatida e’tirof etishga arziydigan mahsulotlar reytingini tuzdi. Reytingdan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari o‘rin olgan.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan brend mahsulotlari qatoriga qovunlar, avtomobillar, Artel maishiy texnika mahsulotlari, Rishton kulolchiligi namunalari va xon atlas kiritilgan.

Qirg‘izistonning brend mahsulotlari sifatida esa loviya, forel balig‘i, Yummy to‘qimachilik mahsulotlari, o‘tov qurish uchun mo‘ljallangan konstruktor e’tirof etilgan.

Shokolad, sut mahsulotlari, muzqaymoq, avtomobillar va Zibroo sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi Qozog‘iston brendlari qatorini to‘ldirgan.

Reytingga Tojikiston brendi sifatida limon, o‘rik turshagi va shokolad, Obi Zulol mineral suvi, iamdifferent to‘qimachilik mahsulotlari va jun paypoqlar kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют