» » Kobuldagi jangarilar qo‘lga olgan Intercontinental mehmonxonasidan 30 kishi qutqarildi

Kobuldagi jangarilar qo‘lga olgan Intercontinental mehmonxonasidan 30 kishi qutqarildi


Kobuldagi jangarilar qo‘lga olgan Intercontinental mehmonxonasidan 30 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lindi. Bu haqda kuch tizimlaridagi manbalarga tayanib, TOLO News ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Harbiylar ikki terrorchini yo‘q qilgani va mehmonxonaning bir necha qavatini tozalashga ulgurgani bildirilmoqda. Shu bilan birga, binoning ichida garovdagilar (ularning soni ma’lum emas) va jangarilar qolmoqda.

Mehmonxonaga maxsus bo‘linmalarning qo‘shimcha kuchlari keltirilmoqda. Binodan o‘q ovozlari eshitilib turibdi. Telekanal Twitter’dagi sahifasida joylashtirgan fotoda mehmonxonada yong‘in boshlanganini ko‘rish mumkin.

Turli ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 15 kishidan 35 kishigacha qurbon bo‘ldi va jabrlandi. Uning uchun javobgarlikni “Tolibon” o‘z zimmasiga oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют