» » Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning oilalari uchun xayriya aksiyasi tashkil qilindi

Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning oilalari uchun xayriya aksiyasi tashkil qilindi


Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida avtobusda yonib ketgan 52 nafar o‘zbekistonlikning oilalari uchun xayriya aksiyasi tashkil qilindi. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudayberdiyev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Qozog‘istondagi ayanchli fojiada halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning oilalari uchun xayriya aksiyasida qatnashing!” — deyiladi xabarda.

“Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilsinlar!” (Ibrohim surasi, 31-oyat)

Xayriya natijasida yig‘ilgan mablag‘lar eng avvalo ota-o‘g‘il, aka-ukalar vafot etgan oilalarga, undan so‘ng boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, undan keyin esa qolgan oilalarga tarqatiladi.

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):

8600 3104 3723 2663

Xorijiy valyutada pul o‘tkazmalari uchun plastik raqami:

4847 9907 0722 6123

Ikkala karta ham Bahriddin Najmiddinov nomiga ochilgan.

Shuningdek, xorijdagilar PayPal tizimi orqali ham quyidagi manzilga pul o‘tkazishlari mumkin:

paypal.me/AbrorjonKodirov

Savollar tug‘ilganda Telegram va WhatsApp orqali +998946119998 (Xushnudbek) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют