» » Jirinovskiy Qirg‘izistonga qarzi evaziga Issiqko‘lni Rossiyaga ijaraga berishni taklif qildi

Jirinovskiy Qirg‘izistonga qarzi evaziga Issiqko‘lni Rossiyaga ijaraga berishni taklif qildi


Qirg‘izistonning qarzidan voz kechgandan ko‘ra, mamlakatning Issiqko‘lni Rossiyaga ijaraga berishi va shu tariqa o‘z qarzdorligini yopishi haqida kelishib olish kerak edi. Bu haqda Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy jurnalistlarga aytib o‘tdi, deb yozadi KNews.

Bunda gap Qirg‘izistonning Rossiya oldidagi 240 million dollarlik qarzi haqida bormoqda.

“Yana qarzlardan kechyapmiz — ularni berish kerak emas. Hech kimga berish kerak emas, Rossiya gullab-yashnashi kerak, shunda ular baxtiyor va boy mamlakatda yashash uchun bu yerga keladi. Aks holda Rossiya o‘rtada qashshoq bo‘lib turibdi, boshqalarning qarzidan esa kechyapmiz”, — dedi Jirinovskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qirg‘izistonning qarzini yopish haqida ikkala tomonga ham manfaatli bo‘ladigan holatda kelishib olishi mumkin edi.

“Men Qirg‘izistonga buni allaqachon taklif qilgandim: sizda Issiqko‘l ko‘li bor — uni bizga 99 yilga ijaraga bering, bu esa qarzingiz uchun tovon bo‘ladi. U yerga biz pensioner, nogiron va talabalarimizni bepul jo‘natardik”, — dedi Jirinovskiy.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют