» » Xorvatiyada zo‘rlik bilan ushlab turilgan 59 nafar Xitoy fuqarosi ozod qilindi

Xorvatiyada zo‘rlik bilan ushlab turilgan 59 nafar Xitoy fuqarosi ozod qilindi


Xorvatiyada noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan ikki koll-markaz aniqlandi va u yerda zo‘rlik bilan ushlab turilgan 59 nafar Xitoy fuqarosi ozod qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Politsiyaga ko‘ra, xorvatlardan biri, 48 yoshli erkak Zagrebda ikki uyni ijaraga olib, internet-aloqa va elektron qurilmalar bilan jihozlagan. Qurilmalar Xitoy fuqarolariga nisbatan firibgarliklar uchun ishlatilgan. Boshqa xorvat, 51 yoshli erkak qo‘shni Sloveniyadan qurbonlarni yetkazib turgan.

Ularni yollash Xitoyda tez va yengil pul topish, qarzlarni so‘ndirish niqobi ostida, ayrim holatlarda esa cho‘chitish bilan amalga oshirilgan. Shundan so‘ng ularni Sloveniyaga, undan keyin Xorvatiyaga olib o‘tishgan.

Gumonlanuvchilar “xodimlar”dan hujjatlarni tortib olib, ularni erkin harakatlanishdan mahrum etgan va ishlashga majbur qilgan. Qo‘lga olinganlar hibsda saqlanmoqda, tergov olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют