» » Angrenda oldin sudlangan fuqaro 1,2 mln so‘mlik qurilish mollarini o‘g‘irlab ketdi

Angrenda oldin sudlangan fuqaro 1,2 mln so‘mlik qurilish mollarini o‘g‘irlab ketdi


18-yanvar kuni soat 01:00 larda Angren shahar Appartak mahallasi Dukentsoy ko‘chasida yashovchi muqaddam sudlangan 1957-yilda tug‘ilgan Yu. A. o‘g‘rilikka qo‘l urdi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Yu. A. shaharning Ibn Sino ko‘chasida yashovchi Z. M. ning qurilishi bitmagan va qarovsiz qolgan uyiga devordan oshib tushish yo‘li bilan kirib, hovlisidan bahosi 1,2 million so‘m bo‘lgan qurilish mollari va anjomlarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan. Fuqaro o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanib, ushlangan. Daliliy ashyo sifatida qurilish anjomlari olingan.

Angren shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют